Markaziy bank dekabrda 10 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘lladi

Shuningdek, qoidabuzarliklar bo‘yicha bir necha bank va to‘lov tashkilotlariga ogohlantirishlar berildi

Markaziy bank dekabrda 10 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘lladi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2025-yil dekabr oyida o‘tkazilgan yig‘ilishlar davomida bank va moliyaviy tashkilotlar faoliyati bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan sanksiyalar qo‘lladi. Hisobot davrida qo‘mita tomonidan jami 6 ta yig‘ilish o‘tkazilib, 45 ta masala ko‘rib chiqilgan.

Qayd etilishicha, Markaziy bank talablari, prudensial me’yorlar hamda moliyaviy monitoring qoidalariga rioya etilmagani sababli 10 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi. Mazkur chora-tadbirlar inspeksiya tekshiruvlari va tahlillar natijasida aniqlangan kamchiliklar asosida qabul qilingan.

Shuningdek, prudensial normativ talablariga rioya qilinmagani va faoliyatni qonunchilik talablariga moslashtirmagani uchun 10 ta bank, 1 ta to‘lov tashkiloti va 1 ta to‘lov operatoriga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanishi haqida rasmiy ogohlantirishlar berildi.

Markaziy bank tomonidan ko‘rilgan choralar bank tizimida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va kiberxavfsizlikka qarshi kurashish talablariga rioya etilishini kuchaytirishga qaratilgani ta’kidlandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda O‘zbekistonda 427 mingdan ortiq avtomobil sotildi
/
2025-yilda O‘zbekistonda 427 mingdan ortiq avtomobil sotildi
AQSH Xitoyga Nvidia H200 chiplarini eksport qilishga ruxsat berdi
/
AQSH Xitoyga Nvidia H200 chiplarini eksport qilishga ruxsat berdi
Toshkentda Xitoy–O‘zbekiston ombor-logistika bazasi tashkil etiladi
/
Toshkentda Xitoy–O‘zbekiston ombor-logistika bazasi tashkil etiladi