Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Markaz hududida ingliz huquqi joriy qilinib, alohida tijorat sudi faoliyat yuritadi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi. Bu haqdagi Prezident farmoni imzolandi deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Hujjatga ko‘ra, markaz tarkibida Toshkent xalqaro tijorat sudi ham faoliyat yuritadi. Sud birinchi instansiya va apellyatsiya bosqichlaridan iborat bo‘ladi.

Markaz hududida moliyaviy va investitsiya faoliyati, bank xizmatlari, sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar bozori, to‘lov tizimlari, shuningdek, islomiy va “yashil” moliya yo‘nalishlari rivojlantiriladi. Bundan tashqari, kriptoaktivlar, moliyaviy texnologiyalar, auditorlik, konsalting va yuridik xizmatlar ko‘rsatishga ham ruxsat beriladi.

Farmonga muvofiq, markaz hududida maxsus huquqiy rejim joriy etiladi. Markaz boshqaruv organlariga fuqarolik, korporativ, moliyaviy va boshqa sohalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni mustaqil qabul qilish vakolati beriladi.

Shuningdek, markaz hududida Angliya va Uels umumiy huquqi hamda adolat tamoyillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llaniladi.

Mazkur tashabbus mamlakatda xalqaro moliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va biznes muhitini yaxshilashga qaratilgan.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yil boshidan fuqarolar banklarga qariyb $4 mlrd sotdi
/
Yil boshidan fuqarolar banklarga qariyb $4 mlrd sotdi
O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillar uchun Trade-In tizimi joriy etiladi
/
O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillar uchun Trade-In tizimi joriy etiladi
Rothschild & Co O‘zbekistonda yirik davlat korxonalarini IPOga chiqarishda ishtirok etadi
/
Rothschild & Co O‘zbekistonda yirik davlat korxonalarini IPOga chiqarishda ishtirok etadi