Kelgusi yilda Toshkentda maktab infratuzilma loyihalariga $300 mln yo‘naltiriladi

Shuningdek, o‘quvchilarning natijalariga qarab, ularning o‘qituvchilariga oyiga 20 mln so‘mgacha maosh to‘lanadi

Kelgusi yilda Toshkentda maktab infratuzilma loyihalariga $300 mln yo‘naltiriladi

Endilikda poytaxtda o‘quvchilarning o‘qishdagi natijalariga qarab, ularning o‘qituvchilariga oyiga 20 mln so‘mgacha maosh to‘lanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni poytaxtni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Hozirda Toshkentga 75 ta maktab va bolalar bog‘chasi, shuningdek, 23 ta sport inshooti kerak. Aholi sonining yillik o‘sishi tufayli shahar maktablari va bolalar bog‘chalarida 100 mingdan ortiq o‘ringa ehtiyoj mavjud.

Davlat rahbari tuman hokimlari o‘zlari mablag‘ jalb qilib, har yili bitta maktab, bolalar bog‘chasi va sport inshooti qurishini belgilab berdi. Qolgan 15 ta maktab va bolalar bog‘chasi, shuningdek, 11 ta sport inshootini investitsiya dasturi doirasida qurish rejalashtirilgan.

Kelgusi yilda infratuzilma loyihalariga chetdan davlat kafolatisiz yana $300 mln jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

Bu yil Toshkentning har bir tumanidagi bitta maktabda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan “Toshkent tajribasi” loyihasi ishga tushirildi. Loyiha uchun 7−11-sinflarda IT, tibbiyot, biznes va muhandislik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 1500 o‘quvchi tanlab olindi.

Xabarda aytilishicha, o‘quvchilarning o‘qishdagi natijalariga qarab, ularning o‘qituvchilariga oyiga 20 mln so‘mgacha maosh to‘lanadi.

Shavkat Mirziyoyev tajribani kengaytirish va ushbu model bo‘yicha faoliyat yurituvchi maktablar sonini kelgusi yilda 24 taga, 2027-yilda esa 33 taga yetkazish vazifasini qo‘ydi.

Avvalroq uyda taʼlim oladigan oʻquvchilarga dars beruvchi pedagoglarga yoʻl puli toʻlanishi belgilangandi. Qayd etilishicha, uyda yakka tartibda oʻqitiladigan oʻquvchilarni, shu jumladan, 1 xil yoshdagi va 1 ta manzildagi 2 va undan ortiq oʻquvchilarni oʻqitganlik uchun oʻqituvchilarga BHMning 1 baravari miqdorida oylik yoʻl kompensatsiyasi toʻlanadi.

Buning uchun tegishli oʻquvchining yashash joyi maktabdan kamida 1,5 km uzoqlikda boʻlishi lozim. Oʻquvchiga biriktirilgan bir nechta oʻqituvchilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda oʻtkazadigan oʻquv soatlari ulushidan kelib chiqib, uyda taʼlim olayotganlarning oʻquv rejasidagi soatlar miqdoriga mutanosib toʻlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2018-yildan buyon 38 ming xonadondan iborat noqonuniy uy-joylar aniqlangan
/
O‘zbekistonda 2018-yildan buyon 38 ming xonadondan iborat noqonuniy uy-joylar aniqlangan
Toshkentning poytaxt maqomi bo‘yicha alohida qonun qabul qilinadi
/
Toshkentning poytaxt maqomi bo‘yicha alohida qonun qabul qilinadi
2025-yil yakunida Toshkentda kambag‘allik darajasi 7,3% dan 1% gacha tushadi — prezident
/
2025-yil yakunida Toshkentda kambag‘allik darajasi 7,3% dan 1% gacha tushadi — prezident