Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish uchun platforma ishga tushirildi

Bunda aholi, fermer va dehqonchilik xo’jaliklaridan vositachilik to’lovlari olinmaydi

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish uchun platforma ishga tushirildi

O’zbekistonda zamonaviy agrokomplekslar faoliyatini rivojlantirish maqsadida “Uzex Agro” platformasi ishga tushirildi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

2025-yil 1-yanvargacha platformada mahsulot sotishda aholi, fermer va dehqonchilik xo’jaliklaridan vositachilik haqqi undirilmaydi.

Hujjatga asosan, platformaning uzluksiz ishlashini ta’minlash vazifasi “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” qoshida tashkil etilgan “Agro Exchange” MChJga topshirildi. 

Shuningdek unga qishloq xo’jaligi majmualari atrofida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish ham yuklatilgan.

Platformada qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi. Natijada, savdo ishtirokchilarini ro’yxatdan o’tkazish, operator va ishtirokchilar huquqiy majburiyatlari hamda e’lon joylash, auksionlar tashkil qilish ta’minlanadi.

Ushbu hujjat 8 oktyabrdan kuchga kirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O’zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
Aholining inflyatsion kutilmalari 13,3%ga oshdi
/
Aholining inflyatsion kutilmalari 13,3%ga oshdi
XVJ: O’zbekistonda 2024-yilda YaIMning 6,25%gacha va 2025-yilda 6,1%gacha qisqarishi kutilmoqda
/
XVJ: O’zbekistonda 2024-yilda YaIMning 6,25%gacha va 2025-yilda 6,1%gacha qisqarishi kutilmoqda