O‘zbekistonlik milliarder Iskandar Mahmudov Bloomberg reytingida 399-o‘rinni egalladi

Uning boyligi yil boshidan buyon $1,408 mlrdga oshib, $9,27 mlrdga yetgani aytilmoqda

O‘zbekistonlik milliarder Iskandar Mahmudov Bloomberg reytingida 399-o‘rinni egalladi

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan tadbirkor Iskandar Mahmudov Bloomberg Billionaires Index’ning 2026-yil 13-fevral holatiga ko‘ra yangilangan reytingida 399-o‘rinni egalladi. Uning boyligi $9,27 mlrdga baholanmoqda.

Iskandar Mahmudov Rossiyadagi mis va ko‘mir ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi asoschisi hisoblanadi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya daromadi $3,2 mlrdni tashkil etgan.

Shuningdek, tadbirkor temiryo‘l texnikasi ishlab chiqaruvchi “Transmashxolding” va neft sohasida faoliyat yurituvchi “Transoyl” logistika kompaniyasida ham ulushlarga ega.

2026-yil boshidan buyon Mahmudov boyligi $1,408 mlrdga oshgan. Biroq so‘nggi savdo kunida uning boyligi $50,6 mlnga kamaygan.

Shuningdek, Ilon Mask dunyoning eng boy insoni sifatida birinchi o‘rinda qayd etildi. Uning umumiy boyligi $676 mlrdni tashkil etgan.

Ikkinchi o‘rinda $266 mlrd boylik bilan Larry Page, uchinchi o‘rinda esa $248 mlrd bilan Sergey Brin joylashgan. To‘rtinchi pog‘onani $230 mlrd bilan Mark Zuckerberg egallagan bo‘lsa, beshinchi o‘rinda $227 mlrd boylik bilan Jeff Bezos qayd etildi.

Reyting ma’lumotlariga ko‘ra, TOP-5 milliarderlarning barchasi AQSh vakillari bo‘lib, ularning asosiy faoliyati texnologiya sohasi bilan bog‘liq. Indeks har kuni yangilanib, Nyu-York savdo sessiyasi yakunida boylik hajmidagi o‘zgarishlar qayta hisoblab chiqiladi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yilda Andijon viloyatida $798 mlnlik loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda
/
2026-yilda Andijon viloyatida $798 mlnlik loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln so‘mgacha grant ajratiladi
/
O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln so‘mgacha grant ajratiladi
O‘zbekistonda UzTest markazi tugatiladi
/
O‘zbekistonda UzTest markazi tugatiladi