Endilikda mahalla markazlari binolari 7 yilgacha mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi

Bino egasi bo‘lgan tadbirkorlar bu muddat davomida foyda va aylanmadan soliqni 50% pasaytirilgan stavkada to‘laydi

Endilikda mahalla markazlari binolari 7 yilgacha mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi

14-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tdi.

Unda qayd etilishicha, qishloq joylardagi mahalla markazlarining yangi binolari mol-mulk va yer solig‘idan 3-yil muddatga ozod qilinadi. Qishloq joylarda esa bu imtiyozlar 7 yil bo‘ladi.

Bino egasi bo‘lgan tadbirkorlar ushbu muddat davomida foyda va aylanmadan soliqni 50% pasaytirilgan stavkada to‘laydi.

Yig‘ilishda mahallalarda tadbirkorlik loyihalarini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Yaratilgan imkoniyatlar hisobiga 7 mingta mahalla meva-sabzavot, gulchilik, asalarichilik, tikuvchilik, mebelsozlik, savdo va servis kabi 15 ta yo‘nalishga ixtisoslashdi. 3,3 mingta mahalladagi 50% xonadon bu tizim bilan qamrab olingani uchun 1,5 mln oila daromadli bo‘ldi.

Mahalla bankirlari, hokim yordamchilari har bir mahallada o‘rtacha 40 tadan mikroloyiha qilishi uchun ularga joriy yilda 6,5 trln so‘m resurs berildi.

Lekin shuncha resurs berilsa-da, hamma hokimlar va “mahalla yettiligi” ham bir xil ishlamayotgani ta’kidlandi. Hududlardagi 2,3 mingta mahallada esa hali ixtisoslashuv darajasi ancha past.

Mutasaddilarga barcha mahallada ixtisoslashuvni oxiriga yetkazish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunda mahallalar aholisi bilan uchrashib, ularning salohiyatidan kelib chiqib, aniq ixtisosligini belgilash, kamida 200 ming aholini band qiladigan mikroloyihalarni shakllantirish topshirildi.

Kelasi yildan meva-sabzavotga ixtisoslashgan 2,6 mingta mahallaga sanoat olib kirish uchun imtiyozli resurslar, avvalo, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash loyihalariga beriladi.

Bir oy oldin “Tashabbusli byudjet” bo‘yicha yangi qaror qabul qilinib, mahallada odamlarning o‘zi faol bo‘lib boshlagan loyihalarga ko‘mak beradigan tizim joriy qilindi. Bunda qaysi mahallada aholi yo‘l, suv, maktab, bog‘chani ta’mirlashni boshlagan bo‘lsa, xarajatining yarmisini davlat ko‘taradi. Bu maqsadlar uchun kelgusi yilda yana 1 mingta loyihaga 500 mlrd so‘m ajratiladi.

Prezident bu borada yana bir yangilikni e’lon qildi. Joriy yildan boshlab Soliq qo‘mitasi yer va mol-mulk soliqlarini to‘langanlik darajasiga qarab, “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” reytingini e’lon qiladi.

Bunda 100 talikka kirgan mahallaga “Tashabbusli byudjet”ning yangi tizimi bo‘yicha infratuzilma xarajatining 75%i byudjetdan to‘lab beriladi. Shuningdek, ushbu mahallalarning har biriga qo‘shimcha 2 mlrd so‘mdan ajratiladi.

Qonunchilik palatasi deputatlariga o‘z okrugidagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun har biriga 3 mlrd so‘mdan mablag‘ beriladi.

Mahalla hududida sanitariya, ekologiya va noqonuniy qurilish bo‘yicha jarimalarning 10%i mahalla byudjetiga yo‘naltiriladi. Mahallalar byudjetiga 2026-yildan boshlab har yili 200 mlrd so‘mdan ajratiladi.

Ana shu aytib o‘tgan beshta manba hisobidan kelgusi bir yil uchun 2 mingta mahallaga qo‘shimcha 8,5 trln so‘m mablag‘ beryapmiz,– dedi Prezident.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning yangi aeroporti qurilishiga start berdi
/
Shavkat Mirziyoyev Toshkentning yangi aeroporti qurilishiga start berdi
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar savdosidagi chegirmalar muddati uzaytirildi
/
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar savdosidagi chegirmalar muddati uzaytirildi
Yil boshidan buyon O‘zbekistonga 8,6 mlndan ortiq turist tashrif buyurdi
/
Yil boshidan buyon O‘zbekistonga 8,6 mlndan ortiq turist tashrif buyurdi