26.11.2024 | 17:23
2025-yilda madaniyat xodimlari maoshi oshiriladi
Bunda 1-yanvardan 20%ga, 1-iyuldan 15%ga
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
“Madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to’g’risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Unga ko’ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagicha tartibda oshiriladi:
- 2025-yil 1-yanvar – 20%ga;
- 2025-yil 1-iyuldan boshlab – yana 15%ga.
Shuningdek, davlat madaniyat xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ