“Lukoyl” sanksiyalar sabab xorijdagi aktivlari sotilishini e’lon qildi

Kompaniya xaridorlardan takliflarni ko‘rib chiqishni boshladi

“Lukoyl” sanksiyalar sabab xorijdagi aktivlari sotilishini e’lon qildi

“Lukoyl” o‘zining xorijdagi bo‘linmalarini sotish rejasini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kompaniya bayonotida qayd etilishicha, “Lukoyl” va uning sho‘ba korxonalariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar sabab xalqaro aktivlarni realizatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Hozirda kompaniya potensial xaridorlardan kelayotgan takliflarni ko‘rib chiqishni boshlagan. Aktivlarni sotish jarayoni AQShning Tashqi aktivlar nazorati boshqarmasi (OFAC) tomonidan berilgan amaldagi litsenziya doirasida amalga oshirilmoqda.

Zarurat tug‘ilganda kompaniya ushbu litsenziyani uzaytirish uchun murojaat qilishni rejalashtirgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, bu xorijdagi bo‘linmalar faoliyatining uzluksiz davom etishini ta’minlash maqsadida qilinmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekistondagi aktivlar sotilishi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Avvalroq AQSh “Lukoyl” va “Rosneft” kompaniyalariga hamda ularning Rossiyadagi 34 ta sho‘ba korxonasiga nisbatan cheklov choralarini joriy etgan edi. AQSh Moliya vazirligi bu qarorni “Rossiyaning tinchlik jarayoniga jiddiy qiziqish bildirmayotgani” bilan izohladi.

Mazkur kompaniyalar va ular bilan bog‘liq tuzilmalarning AQShdagi aktivlari muzlatilgan. Shu bilan birga, idora “Lukoyl”ning xorijdagi obyektlarida tovar va xizmatlar xaridini ma’lum muddatgacha davom ettirishga ruxsat bergan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi Bank omonatchilariga to‘lovlar boshlandi
/
Yangi Bank omonatchilariga to‘lovlar boshlandi
O’tgan yilda O‘zbekistonda yollanma ishchilari ulushi 26,4% ni tashkil etdi
/
O’tgan yilda O‘zbekistonda yollanma ishchilari ulushi 26,4% ni tashkil etdi
Carlyle Group “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olishi mumkin
/
Carlyle Group “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olishi mumkin