Germaniyaning “Lufthansa” aviakompaniyasi O’zbekistonga parvozlarni davom ettirishi mumkin

20 yildan ko'proq vaqt oldin u yo'lovchilar oqimining pasayishi sababli Toshkentga parvozlarni to'xtatgan

Germaniyaning “Lufthansa” aviakompaniyasi O’zbekistonga parvozlarni davom ettirishi mumkin

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Germaniyaning O’zbekistondagi elchisi Manfred Xuterer bilan uchrashuv o’tkazdi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o’rtasidagi samarali hamkorlikdan kelib chiqadigan yutuqlar va kelajak rejalari muhokama qilindi.

Ilhom Maxkamov Germaniyaning “Rhenus”, “Deutsche Bahn”, “DB Engineering & Consulting”, “DB Schenker” va boshqa transport kompaniyalari bilan doimiy hamkorlikni ta’kidladi.

Bundan tashqari, u “Lufthansa”ning O’zbekistonga parvozlarini tezda tiklashga umid bildirdi. Tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Germaniyaning “Lufthansa” aviakompaniyasi birinchi marta O’zbekiston bozoriga 1993 yilda Frankfurt – Toshkent – Frankfurt yo’nalishi bo’yicha parvozlarni boshlagan. Biroq, 2001 yilda yo’lovchilar oqimi 20-25%ga kamaygani sababli Toshkentga parvozlarштш to’xtatgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xitoy kompaniyasi Qozog‘istonda ikkita atom elektr stansiyasi quradi
/
Xitoy kompaniyasi Qozog‘istonda ikkita atom elektr stansiyasi quradi
Rossiyalik milliarder Gufning albomini $1 mlndan ortiq pulga sotib oldi
/
Rossiyalik milliarder Gufning albomini $1 mlndan ortiq pulga sotib oldi
Iyul oyida O‘zbekistonda yillik iste’mol narxlari indeksi 1,6% ga pasaydi
/
Iyul oyida O‘zbekistonda yillik iste’mol narxlari indeksi 1,6% ga pasaydi