O’zbekistonda Germaniya bilan birgalikda qo’shma korxona tashkil etiladi

Korxonada yuk ortish-tushirish hamda saqlash rejalashtirilgan

O’zbekistonda Germaniya bilan birgalikda qo’shma korxona tashkil etiladi

Joriy yilning 29-noyabr kuni «O’ztemiryo’lkonteyner» AJ va Germaniyaning «Rhenus Group» kompaniyalari o’rtasida qo’shma korxona tashkil etish yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi. Bu haqida «O’ztemiryo’lkonteyner» rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Yig’ilishda “O’ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruv raisi A.S. Kamalov hamda “Rhenus Group” kompaniyasining vakolatli vakili G. Kerstgens tomonidan “UzContargo Andijon” qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha ta’sis hujjatlari va tegishli bayonnoma imzolandi.

Qo’shma korxona konteyner blok-poyezdlarini tashkil etish, vagon va konteynerlarni ortish-tushirish, saqlash ishlari, multimodal eshikdan-eshikkacha xizmatlarini ko’rsatish bilan shug’ullanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Kapital.uz “Rhenus Group” logistika kompaniyasi Andijon viloyatida birinchi transport-logistika markazini yaratmoqchiligi haqida yozgan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Buyuk Britaniya kompaniyasi “Itransition” ulushlarini sotib olmoqchi
/
Buyuk Britaniya kompaniyasi “Itransition” ulushlarini sotib olmoqchi
O’zbekistonda ishlab chiqaruvchilar uchun yangi ekotizim joriy etiladi
/
O’zbekistonda ishlab chiqaruvchilar uchun yangi ekotizim joriy etiladi
O’zbekistonda rubl va yuandan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O’zbekistonda rubl va yuandan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi