ILMA «Universal Sug’urta» sug’urta kompaniyasining litsenziyasini bekor qildi

Litsenziyadan mahrum qilish to'g'risidagi qaror 2 apreldan kuchga kirdi

ILMA «Universal Sug’urta» sug’urta kompaniyasining litsenziyasini bekor qildi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) «Universal Sug’urta» sug’urta kompaniyasining litsenziyasini bekor qildi.

2022 yil 7-iyulda berilgan umumiy sug’urta sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun 031932-sonli litsenziya (1-17-sinflar) 2024 yil 2-aprelda bekor qilindi, — deyiladi xabarda.

Biroq, sug’urta kompaniyasi ilgari tuzilgan shartnomalar bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarishi shart.

Kompaniya 1994 yil avgust oyida Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan va uning ustav kapitali 25 mlrd so’mni tashkil etadi. 2003 yildan 2007 yilgacha kompaniya asoschilari orasida Shveysariyalik investorlar ham bor edi.

«Universal Sug’urta» 16 turdagi sug’urta, shu jumladan avtomobil va tashuvchilarni sug’urtalash bo’yicha keng ko’lamli xizmatlarni taklif etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Taksi agregatorlari bozorida WB Taxi ustun mavqega ega operator deb topildi
/
Taksi agregatorlari bozorida WB Taxi ustun mavqega ega operator deb topildi
Markaziy bank oktabr oyida 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
/
Markaziy bank oktabr oyida 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
JSTga a’zo bo‘lish doirasida telefonlar importiga bojxona boji bekor qilinadi — Bojxona qo‘mitasi
/
JSTga a’zo bo‘lish doirasida telefonlar importiga bojxona boji bekor qilinadi — Bojxona qo‘mitasi