“Yandex Uzbekistan” “Lavka” yetkazish xizmatini yo’lga qo’ydi

2025-yil oxirigacha poytaxtda 12 ta darkstor ochish rejalashtirilmoqda

“Yandex Uzbekistan” “Lavka” yetkazish xizmatini yo’lga qo’ydi

“Yandex Uzbekistan” oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy tovarlar va tayyor ovqatlarga buyurtma berishga mo’ljallangan “Lavka” xizmatini yo’lga qo’ydi. Bu haqda kompaniya “Kapital.uz”ga xabar berdi.

Hozirda Toshkent shahrining uchta yetkazib berish omborlari(darkstor)da buyurtmalar qabul qilinmoqda. Xizmatdan “Yandex Go” ilovasi orqali foydalanish mumkin.

«Yandex Uzbekistan» rahbari Izzat Shukurovning so’zlariga ko’ra, shaharda xizmatning ish boshlashi bilan 160 dan ortiq ish o‘rinlari paydo bo‘ladi, 2025 yil oxiriga qadar yangi omborlar ochilishi bilan yana 500 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

Kelasi yil oxirigacha poytaxtda yana 12 ta darkstor ochish rejalashtirilmoqda. Bu orqali xaridorlarga 3 mingdan ortiq mahsulot va 50ta tayyor issiq ovqatlardan kataloglar taqdim etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilning yanvaridan Toshkentda jamoat transportida yo‘lkira narxi 3 ming so‘mni tashkil qiladi
/
2025-yilning yanvaridan Toshkentda jamoat transportida yo‘lkira narxi 3 ming so‘mni tashkil qiladi
Chinozda 18 mlrd so’mlik zamonaviy markaz ishga tushdi
/
Chinozda 18 mlrd so’mlik zamonaviy markaz ishga tushdi
Joriy yilning to’qqiz oyida xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 1,6 baravarga oshgan
/
Joriy yilning to’qqiz oyida xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 1,6 baravarga oshgan