Dunyo bo‘ylab kriptomillionerlar soni bir yil ichida 40% ga oshdi

Raqamli aktivlarga egalik qiluvchi 36 milliarderning 17 nafari boyligini bitkoin orqali topgan

Dunyo bo‘ylab kriptomillionerlar soni bir yil ichida 40% ga oshdi

Kriptovalyutada boyligi $1 mlndan oshadigan insonlar soni bir yil ichida 40% ga oshdi. Bu haqda Henley & Partners kompaniyasi hisobotida qayd etilgan.

Henley & Partners va New World Wealth tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, kriptomillionerlar soni 241 ming nafardan oshgan. Mutaxassislar bu o‘sishni bitkoin narxining ko‘tarilishi bilan bog‘lashmoqda, bu esa investorlar farovonligining ortishiga olib kelgan.

Tadqiqotda qayd etilishicha, raqamli aktivlarning badavlat egalari orasida 36 nafar milliardеr bor, ulardan 17 tasi boyligini aynan bitkoin orqali topgan. Umuman olganda, kriptomillionerlarning qariyb 60% i kapitalini shu aktiv orqali qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, 450 investorning bitkoinlari qiymati $100 mlndan oshadi.

Kriptomillionerlar va milliardерlarning umumiy boyligi $3,3 trlnga baholanmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 45% ko‘pdir. Hisobot mualliflari alohida ta’kidlashicha, bitkoin-millionerlar soni bir yil ichida 70% ga oshgan. Bu jarayon raqamli aktivlarning tartibga solinishi va qabul qilinishi bilan uyg‘un ravishda kechgan.

Kriptoaktiv egalari dunyo millionerlari umumiy sonining atigi 0,4% ini tashkil qiladi. Shu bilan birga, raqamli aktivlardan foydalanuvchilar umumiy soni 590 mlnga yetib, bu Yer aholisi sonining qariyb 7,4% iga teng.

JAN3 kompaniyasi rahbari Sэмсон Моу ta’kidlaganidek, fiat valyutalar cheksiz emissiyaga duchor bo‘lsa, bitkoin taklifi 21 mln dona bilan chegaralangan. Unga ko‘ra, aynan mana shu qarama-qarshilik boylik haqidagi tushunchani yangidan shakllantirmoqda va hukumatlarni o‘z nazoratidan tashqarida bo‘lgan aktivlar bilan bog‘liq chaqiriqlar qarshisida qoldirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda brokerlar uchun ustav kapitali bo‘yicha 1,23 mlrd so‘mlik limit joriy etiladi
/
O‘zbekistonda brokerlar uchun ustav kapitali bo‘yicha 1,23 mlrd so‘mlik limit joriy etiladi
O‘zbekiston yil davomida rekord miqdorda oltin sotdi
/
O‘zbekiston yil davomida rekord miqdorda oltin sotdi
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlari chorakda 14% ga oshdi
/
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlari chorakda 14% ga oshdi