O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka oshdi 

O‘rtacha stavkalar yillik 24,3% ga yetdi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka oshdi 

Noyabr oyidagi natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston banklarida jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalar yillik 24,3% gacha oshdi. Bu haqida Markaziy bank xabar berdi

Bu ko‘rsatkichni sentabr oyidagi yillik minimal qiymat bilan solishtirganda, 0,5% yuqorilaganini ko‘rish mumkin. Biznes uchun kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 22,7% darajasida qolib, avgustdan buyon o‘zgarmagan.

Shuningdek, milliy valyutadagi jismoniy shaxslarning omonatlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar ham o‘zgarmadi. Noyabr oyida bank omonatining o‘rtacha daromadliligi 22,1% ni tashkil etdi. Yuridik shaxslarning depozitlari bo‘yicha stavkalar 16,3% ga tushdi.

Bundan tashqari, firmalarning valyuta depozitlari bo‘yicha daromadliligi 1,5% ga oshdi va oy oxirida yillik maksimal qiymati 6,3% ni tashkil qilmoqda. Jismoniy shaxslarning valyuta omonatlari bo‘yicha foiz stavkalari biroz, yillik 4,8% dan 5% gacha oshdi.

Valyutadagi uzoq muddatli kreditlar 9,7% gacha arzonlashgan bo‘lsa, qisqa muddatli kreditlar esa 10,8% gacha qimmatlashdi. O‘rtacha qisqa muddatli valyuta kreditlari bo‘yicha stavkalar sentyabr oyida eng yuqori darajada edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“UzAuto Motors” “Cobalt” rusumidagi avtomobillarga qayta kontraktatsiya e’lon qildi
/
“UzAuto Motors” “Cobalt” rusumidagi avtomobillarga qayta kontraktatsiya e’lon qildi
O‘zbekistonga qancha chet ellik sayohat uchun kelgani aniqlandi
/
O‘zbekistonga qancha chet ellik sayohat uchun kelgani aniqlandi
Energetika vazirligi elektromobillarni zaryadlash stansiyalari o’chirilganligi haqidagi xabarlarni rad etdi
/
Energetika vazirligi elektromobillarni zaryadlash stansiyalari o’chirilganligi haqidagi xabarlarni rad etdi