Yirik korxonalarning kredit va tashqi qarz olish jarayoni nazorat qilinadi

Endilikda yirik qarzdorlar qarz olishdan avval Muvofiqlashtiruvchi komissiyani xabardor etishi shart

Yirik korxonalarning kredit va tashqi qarz olish jarayoni nazorat qilinadi

Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun muhim boʻlgan yirik korxonalarning kredit va tashqi qarz olish jarayoni nazorat ostiga olinadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizom bunday katta korxonalar, ularga tegishli va oʻzaro aloqador subyektlar guruhi tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb etishni nazorat va monitoring qilish tartibini belgilaydi.

Yirik qarzdorlarning moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasi “past xatarli”, “oʻrta xatarli” va “yuqori xatarli” deb toifalanadi.

Yirik qarzdorlarning toifasi:

  • “past xatarli” boʻlganda, jalb etilayotgan yangi moliyaviy qarz miqdoridan qatʼi nazar;
  • “oʻrta xatarli” boʻlganda, yangi moliyaviy qarz miqdori mavjud qarzlar qoldigʻining 5% idan yoki $20 mln ekvivalentidan kam boʻlgan hollarda;
  • “yuqori xatarli” boʻlganda, jalb qilinayotgan yangi moliyaviy qarz miqdori mavjud qarzlar qoldigʻining 1% idan yoki $45 mln ekvivalentidan kam boʻlgan hollarda Muvofiqlashtiruvchi komissiyani xabardor qilgan holda qarzlar jalb etiladi.

Yirik qarzdorlar iqtisodiy holati yomonlashganda, Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan mavjud qarzlarni toʻlash uchun yangi, qulayroq shartlarda pul olish yoki qarzdorlikni qayta koʻrib chiqish tavsiya etiladi. Masalan, muddatini uzaytirish, toʻlov jadvalini oʻzgartirish, foiz stavkasini pasaytirish hamda valyuta turini oʻzgartirish kabilardir.

Yirik qarzdorlar Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning moliyaviy qarzni jalb qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yilda mamlakat o‘sish sur’ati 6,6% darajasida bo‘lishi kutilmoqda
/
2026-yilda mamlakat o‘sish sur’ati 6,6% darajasida bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar qiymati tushdi
/
O‘zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar qiymati tushdi
Qirg‘izistonda milliy valyutaga bog‘langan KGST nomli steyblkoin ishga tushirildi
/
Qirg‘izistonda milliy valyutaga bog‘langan KGST nomli steyblkoin ishga tushirildi