Temir yo‘l tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati har qanday korrupsiya holatlarini keskin qoralaydi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida so‘nggi yillarda davlat tomonidan olib borilgan islohotlar natijasida milliy taraqqiyotga to‘siq bo‘lib kelayotgan korrupsiya illatini bartaraf etish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, mansab vakolatini sui isteʼmol qilish ham taraqqiyot va adolatga raxna soluvchi omillardan biridir. Jamiyatda bu kabi omillarni bartaraf etish, xodimlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirish, ularga halollik, poklik, ko‘nikmalarini singdirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida davlat huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ishtirokida profilaktik yig‘ilishlar, korrupsiyaga qarshi umumiy va maxsus o‘quv kurslari, ochiq eshiklar kuni tashkil etilib, ko‘rgazmali materiallar, videoroliklar namoyish etildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati har qanday korrupsiya holatlarini keskin qoralaydi va istiqbolli kelajakka to‘siq bo‘ladigan va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan mazkur illatga qarshi kurashish borasida qatʼiy choralar ko‘rib kelmoqda.
Fuqarolar hamda xodimlardan agar korrupsiya holatlariga duch kelgan taqdirlarida darhol quyida keltirilgan jamiyatning korrupsiyaviy huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari orqali murojaat qilishlarini so‘raydi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning, har bir davlat va jamoat tashkilotining maʼnaviy burchidir.
Telefon: +998 (71) 237-99-98
Telegram-bot: @uzrailway_anticor_bot
Pochta: admin@railway.uz; compliance@railway.uz
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ