Toshkentda Koreya bilan hamkorlikda tibbiyot markazi qurilishi boshlandi

Loyihaning umumiy qiymati $149,8 mlnni tashkil etib, shundan $124 mlnni Koreya Eksimbanki tomonidan qoplanadi

Toshkentda Koreya bilan hamkorlikda tibbiyot markazi qurilishi boshlandi

Toshkentda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda kattalar uchun ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazi qurilishiga rasman start berildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

U Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tibbiyot klasterining muhim obyekti hisoblanadi.

Kattalar uchun ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazi loyihasi Janubiy Koreyaning Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondi (EDCF) ishtirokida amalga oshirilmoqda. Loyiha bo‘yicha bosh pudratchi sifatida tanlangan Kyeryong konsorsiumi rahbari va Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rtasida shartnoma imzolandi hamda qurilish ishlariga rasman start berildi.

Loyihaning umumiy qiymati $149,8 mlnni tashkil etib, shundan $124 mln — Koreya Eksimbanki orqali EDCF kredit mablag‘lari, $25,8 mln esa — O‘zbekistonning ulushi hisoblanadi.

Loyihaning amalga oshirilishi bilan jahon standartlariga mos keladigan, IV darajali, quvvati 300 o‘rinli bo‘lgan yangi shifoxona binosi barpo etilib, bu yerda 700 nafardan ortiq xodim uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, 130 nafar o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini malaka oshirish uchun Janubiy Koreyaga yuborish, 32 nafar koreyalik yuqori malakali mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb etish ko‘zda tutilgan.

Shifoxonada yiliga 8,5 mingta yurak qon-tomir xirurgiyasi, transplantologiya, neyroxirurgiya, reabilitatsiya, orqa miya va bo‘g‘im og‘riqlari bilan bog‘liq yuqori texnologik jarrohlik operasiyalarni o‘tkazish imkoni bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi IT-park hududida $150 mlnlik data-markaz barpo etiladi
/
Toshkentdagi IT-park hududida $150 mlnlik data-markaz barpo etiladi
“Toshkent” fond birjasi sobiq rahbari “Kapitalbank” kuzatuv kengashi a’zosi etib saylandi
/
“Toshkent” fond birjasi sobiq rahbari “Kapitalbank” kuzatuv kengashi a’zosi etib saylandi
Sentabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 8% gacha pasaydi
/
Sentabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 8% gacha pasaydi