O‘zbekistonda kontrakt pulidan tushgan mablag’lar yangi tartibda sarflanadi

Xususan, OTMlar yil davomida talabalarga eng kam oylik ish haqining 6 barobari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin

O‘zbekistonda kontrakt pulidan tushgan mablag’lar yangi tartibda sarflanadi

Adliya vazirligi Ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

  • to‘lov miqdorining kamida 25% – abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1 oktabrgacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
  • to‘lov miqdorining kamida 50%i 1-yanvargacha, 75%i 1-martgacha va 100% qismi 1-maygacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.

Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi to‘lov muddatlarini uzaytirishi mumkin.

Kontraktdan tushgan mablag‘lar xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish va ularning stajirovka o‘tashlariga sarflanishi mumkin.

Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari o‘z talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida 1 yilda bir talabaga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga uchinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga uchinchi kun ko‘tarilmoqda
Saudiya Arabistoni 2026-yildan xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olishga ruxsat beradi
/
Saudiya Arabistoni 2026-yildan xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olishga ruxsat beradi
O‘zbekistonlik elektr montajchilar Buyuk Britaniyaga ishga taklif qilinmoqda
/
O‘zbekistonlik elektr montajchilar Buyuk Britaniyaga ishga taklif qilinmoqda