Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi 2026-yilgacha Toshkentda joriy etiladi

2027-yildan boshlab esa butun mamlakat hududida joriy etish rejalashtirilgan

Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi 2026-yilgacha Toshkentda joriy etiladi

2025-yil 14-iyulda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotini tasdiqladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Hujjat Prezidentning 2025-yil 5-martdagi PF-43-sonli farmoniga asoslanib ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ommaviy baholash tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Baholashni Kadastr agentligi qoshidagi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi amalga oshiradi.

Uslubiyot quyidagilarni qamrab oladi:

  • obyektlar qiymatini aniqlash uchun zarur ma’lumotlarni, jumladan ko‘chmas mulk bozori haqidagi axborotni to‘plash va tahlil qilish;
  • ommaviy baholanishi kerak bo‘lgan obyektlarni guruhlash;
    ko‘chmas mulk bozori ma’lumotlarini narx va baholash bo‘yicha tahlil qilish asosida obyektlarni segmentlash orqali ommaviy baholanishi lozim bo‘lgan hududlarni zonalashtirish;
  • narx shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni va ularning obyektlar qiymatini aniqlashdagi ta’sir darajasini (koeffitsiyentini) belgilash;
  • obyektlar qiymatini aniqlash;
  • ommaviy baholash natijalarini tasdiqlash.

Ommaviy baholashni bosqichma-bosqich, xususan, 2025-2026 yillarda Toshkent shahrida tajriba tariqasida, 2026-2027 yillarda Nukus shahri va viloyat markazlarida, 2027-yildan boshlab esa butun mamlakat hududida joriy etish rejalashtirilgan.

Qiymatni hisoblashda elektron savdo maydonchalaridan olingan ma’lumotlar, sotish va ijaraga berish e’lonlari, notarial tasdiqlangan bitimlar haqidagi ma’lumotlar, banklar va kredit tashkilotlaridan olingan axborotlar, shuningdek, turli baholash yondashuvlari doirasida qo‘llaniladigan boshqa manbalardan foydalaniladi.

Hujjat 2025-yil 14-iyuldan kuchga kirdi.

Kapital.uz avvalroq Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markaziga 40 mlrd so‘m ajratilishi haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Eksportchilar fermerlar uchun imtiyozli moliyalashtirishni taklif qildi
/
Eksportchilar fermerlar uchun imtiyozli moliyalashtirishni taklif qildi
O‘zbekistonda eskrou-hisob raqamlariga o‘tish uy-joy narxini oshirishi mumkin
/
O‘zbekistonda eskrou-hisob raqamlariga o‘tish uy-joy narxini oshirishi mumkin
Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopildi
/
Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopildi