“Octobank” Humans kobrend kartalari bo‘yicha barcha operatsiyalarni to‘xtatdi

Tartib 2025-yil 13-iyun kuni soat 18:00 dan boshlab amal qiladi

“Octobank” Humans kobrend kartalari bo‘yicha barcha operatsiyalarni to‘xtatdi

“Octobank” AJ va “Humans” MCHJ o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar yakunlanganligi sababli, 2025-yil 13-iyun kuni soat 18:00 dan boshlab Humans (VISA) kobrending bank kartalari bo‘yicha barcha operatsiyalar to‘xtatiladi. Bu haqda “Octobank” rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Shu sababli mijozlar quyidagilar haqida ogohlantirildi:

  • Humans kobrend kartalaridagi pul mablag‘lari ilgari “Humans” moliyaviy servisi orqali abonentlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazilgan. Shuning uchun bu mablag‘larning hisobini yuritish, qolgan qoldiqni aniqlash va ularni qaytarish bo‘yicha barcha murojaatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Humans” MCHJga qilinishi lozim;
  • Mavjud qoidalar va shartnomaviy asoslarga muvofiq, kobrending kartalarda mablag‘ yetarli bo‘lmasa yoki xizmat ko‘rsatuvchi tomonlar o‘rtasidagi aloqalar to‘xtatilgan bo‘lsa, operatsiyalar amalga oshirilmaydi.

Zarurat tug‘ilganda, mijozlar arizasi asosida kobrend karta bankning boshqa kartasiga almashtirilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jizzaxda Arnasoy aeroportini kengaytirishga BAAdan $11 mln investitsiya yo‘naltiriladi
/
Jizzaxda Arnasoy aeroportini kengaytirishga BAAdan $11 mln investitsiya yo‘naltiriladi
2025-yilda aholining valyuta taklifi talabdan $9,7 mlrdga ortiqroq bo‘ldi
/
2025-yilda aholining valyuta taklifi talabdan $9,7 mlrdga ortiqroq bo‘ldi
UPay to‘lov tizimi egasi “Maroqand” bankrot deb topildi
/
UPay to‘lov tizimi egasi “Maroqand” bankrot deb topildi