Janubiy Koreyaning «KoBiz Alliance» kompaniyasi O’zbekistonda universitet ochishni rejalashtirmoqda
U joriy yilning sentyabr oyida ish boshlaydi

Фото: IT-Park
Janubiy Koreyada joylashgan «KoBiz Alliance» kompaniyasi O’zbekistonda universitet tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda IT-Park Uzbekistan matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’lim muassasasi joriy yilning sentyabr oyida Koreya IT-assotsiatsiyalari va Turin universiteti bilan hamkorlik qilib, Koreyada talab qilinadigan axborot texnologiyalari dasturlarini taklif etadi.
Bundan tashqari, kompaniya sentyabr oyida Toshkentdagi AKT haftaligida ishtirok etish uchun 30 ta IT-kompaniyani jalb qilmoqchi. Universitetning birinchi yilida 900 talabani qabul qilish, kelajakda esa Koreya kompaniyalari tomonidan autsorsingga bo’lgan yuqori talabni qondirish uchun 30 mingga yaqin IT mutaxassislarini o’qitish rejalashtirilgan.
«KoBiz Alliance», shuningdek, Zero Risk dasturida ishtirok etishni va koreys tilida so’zlashuvchilarning katta qismi istiqomat qiladigan Farg’ona vodiysida ofis ochishni ko’rib chiqishni taklif qildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ