O’zbekiston va Rossiya Qoraqalpog’istonda metallurgiya klasterini tashkil etish niyatida

Shuningdek, «O'zbekiston temir yo'llari» va Rossiya temir yo'llari hamkorlik to'g'risida bitim imzoladilar

O’zbekiston va Rossiya Qoraqalpog’istonda metallurgiya klasterini tashkil etish niyatida

O’zbekiston va Rossiya Qoraqalpog’istonning Qorao’zak tumanidagi «Tebinbuloq» konida metallurgiya klasteri tashkil etilishini muhokama qilmoqda. Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov bu masalani O’zbekiston vakillari, shu jumladan bosh vazir o’rinbosari Jamshid Xodjayev bilan muhokama qildi.

Shuningdek, uchrashuvda yangi zavodlar qurish va infratuzilmani yaxshilash bo’yicha muhim loyihalar, jumladan Buxoro viloyatida gaz-kimyo majmuasini ishga tushirish hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati negizida mis-boyitish fabrikasini tashkil etish muhokama qilindi.

Bundan tashqari, «O’zbekiston temir yo’llari» va «Rossiya temir yo’llari» milliy temir yo’l kompaniyalari hamkorlik to’g’risida bitim imzoladilar va rivojlanish rejasini ishlab chiqdilar.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi
/
O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi
Nasiya savdo berayotgan doʻkonlar tovarlarni kreditga beryapti — Markaziy bank
/
Nasiya savdo berayotgan doʻkonlar tovarlarni kreditga beryapti — Markaziy bank
Rossiya bozorida o‘zbek lift ishlab chiqaruvchilari to‘siqlarga duch kelmoqda
/
Rossiya bozorida o‘zbek lift ishlab chiqaruvchilari to‘siqlarga duch kelmoqda