Kids Capital: Ota-onaning bugungi tanlovi — farzandning ertangi imkoniyati
Way II kompaniyasi farzandlarning kelajagi uchun bugundanoq moliyaviy poydevor yaratishga yo‘naltirilgan yangi investitsiya mahsuloti — Kids Capital’ni taqdim etdi
Zamonaviy ota-onalar nafaqat farzandining bugungi ehtiyojlari, balki uning kelajakdagi ta’limi, mustaqil hayoti va ulkan maqsadlariga erishishi uchun mustahkam poydevor yaratish haqida borgan sari ko‘proq qayg‘urmoqdalar. Narx-navoning oshishi va global raqobat kuchayib borayotgan davrda shunchaki pul jamg‘arishning o‘zi yetarli emas — endilikda kapitalni boshqarishda tizimli va puxta o‘ylangan yondashuv talab etiladi.
Aynan shu sababli ko‘plab oilalar investitsiya vositalarini tanlamoqda. Bugungi kunda Way II ning 800 dan ortiq investorlari iqtisodiyotning real sektoriga sarmoya kiritib, barqaror moliyaviy baza shakllantirmoqdalar va shu orqali o‘zlari hamda farzandlari uchun kelajakda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqdalar.
Way II — bu nafaqat mablag‘larni saqlash usuli, balki ularni ko‘paytirish vositasidir. Inflyatsiyaga moyil bo‘lgan an’anaviy jamg‘arish usullaridan farqli o‘laroq, investitsion yondashuv kapitalning harakatda bo‘lishiga va vaqt o‘tishi bilan o‘sishiga imkon beradi.
Kids Capital — shunchaki investitsiya mahsuloti emas. Bu mas’uliyatli ota-onalik va strategik rejalashtirish sari tashlangan ongli qadamdir. Unda bugun qabul qilingan qarorlar farzandingizning ishonchli kelajagi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi qadam — ertangi ulkan imkoniyatlar kalitidir.
Kompaniya haqida
Way II yuqori daromadli va ishonchli moliyaviy yechimlarni taqdim etadi, ularning samaradorligi real natijalar bilan tasdiqlangan. Kompaniya mamlakatdagi eng yirik sanoat loyihalaridan biri — Akfa Aluminium Group’ga sarmoya kiritgan investorlarga dividendlarini barqaror va o‘z vaqtida to‘lab kelmoqda.
Way II investitsiya paketlari dollar ekvivalentida hisoblanadigan yillik 10% dan 15% gacha daromadlilikni ko‘zda tutadi. Dividendlarning yilda ikki marta to‘lanishi esa investorlar uchun pul tushumlarining barqarorligi va aniqligini ta’minlaydi.
Hozirgi kunda 800 dan ortiq investor o‘z kapitalini ko‘paytirish uchun Way II ni tanlagan bo‘lib, 2025-yil yakunlariga ko‘ra daromadlilik ko‘rsatkichi AQSH dollarida 15,3% ni tashkil etdi.
Ta’kidlash joizki, kompaniya faoliyati va uning mahsulotlari Islom moliyasi tamoyillariga muvofiq keladi, bu esa Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan.
Eslatma:
Investitsiyalar yuqori darajadagi xavfga ega bo‘lishi mumkin, bu esa kiritilgan mablag‘larning qisman yoki to‘liq yo‘qolishiga olib kelishi ehtimoli bor. Iltimos, investitsiya qarorlarini qabul qilishda ushbu xavflarni hisobga oling.
Manzil: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Telefon: +998 (78)−555−55−55
Sayt: wayll.uz
Facebook: @Way ll Group
Instagram: @way_ll_group
Telegram: @wayllgroup
LinkedIn: @wayllgroup
YouTube: @Way_ll_Group
Twitter: @way_ll_group
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ