O’zbekistonda kichik korxonalar soni qariyb 6%ga kamaydi

Ularning asosiy qismi Toshkentda joylashgan

O’zbekistonda kichik korxonalar soni qariyb 6%ga kamaydi

2024 yil 1 iyul holatiga ko’ra O’zbekistonda 387,1 mingta kichik biznes korxonasi faoliyat ko’rsatgan, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8%ga kam. Bu haqda statistika agentligi xabar bermoqda.

Ushbu korxonalarning aksariyati aniqrog’i 84,6 mingtasi Toshkentda joylashgan. Toshkent viloyatida — 34,8 ming korxona bilan ikkinchi, Samarqand viloyati esa — 34,3 ming korxona bilan kuchli uchlikni yakunlamoqda. 

Savdoda 147,8 mingdan ortiq kichik korxona, sanoatda 61,3 ming, qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida 32,4 mingta korxona faoliyat ko’rsatmoqda. 

Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida mamlakatda 41 mingta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
/
“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
/
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi
/
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi