O‘zbekistonda 2024-yilda kiberjinoyatlar soni 9,1 barobar ortgan

Xususan, o‘tgan yilda fuqarolarning 603 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lari o‘g‘irlangan

O‘zbekistonda 2024-yilda kiberjinoyatlar soni 9,1 barobar ortgan

So‘nggi besh yilda O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni 68 barobarga oshgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, bank kartalari bilan bog‘liq o‘g‘irlik va firibgarlik holatlari kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bu haqda 29-may kuni IIV Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish markaziga uyushtirilgan matbuot safarida ma’lum qilingan.

2024-yilda kiberjinoyatlar soni 2023-yilga nisbatan 9,1 barobar ortgan. Shu davrda kibermakondagi huquqbuzarliklar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 34 barobarga ko‘paygan.

2021−2024 yillarda kiberjinoyatlar natijasida fuqarolarning 1,9 trln so‘mdan ortiq mablag‘lari o‘g‘irlangan. Faqatgina 2024-yilning o‘zida yetkazilgan zarar 603 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Agar 2019-yilda axborot texnologiyalari orqali 18 turdagi 863 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2024-yilda 62 turdagi 58,8 mingta jinoyat qayd etildi. Umumiy jinoyatchilikda kiberjinoyatlarning ulushi sezilarli darajada oshgani kuzatilmoqda, bu esa ularning oldini olish masalasini yanada dolzarblashtirmoqda, — dedi markaz rahbari Bekzod Mamajonov.

Uning aytishicha, 2023-yilda kiberjinoyatlarning umumiy jinoyatchilikdagi ulushi 6,2% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 44,4% ga yetgan. Kiberjinoyatlarning asosiy qismi (98%) bank kartalari bilan bog‘liq bo‘lib, ular kibero‘g‘irlik va kiberfiribgarlikni o‘z ichiga oladi.

Kiberjinoyatlar ko‘pincha quyidagi usullar bilan sodir etiladi:

60% — bank kartasi yoki mobil qurilma ustidan nazoratni qo‘lga kiritish maqsadida zararli havolalar va dasturlarni yuborish orqali;
16% — turli aldovlar yo‘li bilan bank kartalari va mobil ilovalar hisoblarini boshqarish uchun SMS-kodni qo‘lga kiritish orqali;
4% — fuqarolar nomiga onlayn kreditlarni noqonuniy rasmiylashtirish orqali;
11% — onlayn savdo platformalarida firibgarlik qilish orqali;
9% — fuqarolardan pul undirib olish uchun turli xil aldov usullarini qo‘llash orqali.

Kiberjinoyatchilik markazi ma’lum qilishicha, bu turdagi jinoyatlarning oldini olish uchun bir qator huquqiy va tashkiliy-texnik choralar ko‘rilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM