Janubiy Koreyaning KDHC kompaniyasi Yangi Toshkent isitish tizimi uchun texnologiyalar taqdim etadi

Kompaniya allaqachon O‘zbekistondagi loyihalar ustida ishlash uchun maxsus guruh tuzgan

Janubiy Koreyaning KDHC kompaniyasi Yangi Toshkent isitish tizimi uchun texnologiyalar taqdim etadi

Janubiy Koreyaning “Korea District Heating Corporation” (KDHC) kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z isitish texnologiyalarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Korea Times nashri xabar bermoqda.

Hafta boshida kompaniya bosh direktori Chon Yon-Ki O‘zbekistonning Seuldagi elchisi Alisher Abdusalomov bilan uchrashdi. Tomonlar K-Heating tashabbusi doirasida Yangi Toshkent va boshqa shaharlarda zamonaviy isitish tizimlarini joriy etish rejalarini muhokama qildi.

Biz Yangi Toshkentda ekologik toza K-Heating tizimini muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun Koreyaning tajribasi va texnologiyalari bilan o‘rtoqlashishga tayyormiz, — dedi Chon Yon-Ki.

KDHC allaqachon O‘zbekistondagi loyihalar ustida ishlash uchun maxsus guruh tuzgan. U mahalliy operatorlarga issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish masalalarida maslahat berish bilan shug‘ullanadi va infratuzilmani rejalashtirishda ko‘maklashadi.

Shuningdek, kompaniya koreyalik eksportchilar uchun ekspertlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etadi. Bundan tashqari, kompaniya rahbari uzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan maxsus o‘quv dasturini (K-Heating Learning Program) ishga tushirish rejalari haqida ma’lum qildi.

Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi Kyongido provinsiyasidagi Pangyo shahrida joylashgan, KDHC’ga qarashli issiqlik-elektr markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlar boshqaruv markazida isitish infratuzilmasining ishlash imkoniyatlari bilan tanishdi.

Nashrning ta’kidlashicha, K-Heating loyihasi KDHC’ning “Shimoliy biznes strategiyasi”ga kiradi. Bu strategiya Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston bozorlariga qaratilgan bo‘lib, uning doirasida kompaniya ushbu mintaqadagi ishtiroqini kengaytirish va Koreya isitish texnologiyalarini shaharlarni energiya samarador qilib rivojlantirish uchun namuna sifatida targ‘ib etishni maqsad qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Rossiya temir yo‘l yo‘lovchilari uchun moslashuvchan tariflar joriy etadi
/
O‘zbekiston va Rossiya temir yo‘l yo‘lovchilari uchun moslashuvchan tariflar joriy etadi
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixiy maksimumni yangiladi
/
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixiy maksimumni yangiladi
2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi
/
2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi