«Kaspi» O’zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Texnologiya kompaniyasi uzoq muddatda o'z auditoriyasini 100 mln foydalanuvchiga yetkazmoqchi

«Kaspi» O’zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Qozog’istonning «Kaspi FinTech» guruhi O’zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Mixail Lomtadze ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, kompaniya mobil aloqa, naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirish va elektron tijoratni rivojlantirish orqali boshqa bozorlarda o’z ishtirokini faol ravishda kengaytirmoqda. Lomtadze, shuningdek, Kaspi Osiyo, Sharqiy Evropa va O’zbekiston bozorlariga qiziqishini ta’kidlaydi.

Rejalashtirilgan kengayish «Kaspi»ga 100 mln foydalanuvchiga erishishga yordam beradi, chunki hozirgi vaqtda har oyda 15 mlnga yaqin kishi kompaniya xizmatlaridan foydalanadi.

Ma’lumot uchun, «Kaspi.kz» — «Kaspi Store», «Kaspi Bank», «Kaspi Pay» va «Kaspi Travel» kompaniyalarini birlashtirgan eng yirik Qozog’iston texnologik kompaniyasi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
/
O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
/
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi
/
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi