“Kaspi” “Humo”ni xususiylashtirishda ishtirok etishdan voz kechdi

Kompaniya O‘zbekistonda raqamli transformatsiya loyihalari ustida ishlashni davom ettirishni rejalashtirmoqda

“Kaspi” “Humo”ni xususiylashtirishda ishtirok etishdan voz kechdi

Qozog‘istonning “Kaspi.kz” kompaniyasi Milliy banklararo protsessing markazi “Humo”ni xususiylashtirishda ishtirokini to‘xtatgani haqida rasman e’lon qildi. Bu haqda kompaniya vakillari tomonidan tegishli bayonot berildi.

2024-yilning avgust oyida “Kaspi.kz” Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (DABA) majburiy bo‘lmagan xat yuborib, “Humo”ni sotib olishga qiziqish bildirgan edi. Ammo oxirgi bayonotida kompaniya quyidagilarni ma’lum qildi: «Hozirgi vaqtda biz bu jarayonda ishtirokimizni davom ettirmayapmiz».

Shunga qaramay, “Kaspi.kz” O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish salohiyatining yuqoriligini qayd etdi va mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga ijobiy baho berdi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini izlashda davom etish niyatida ekanligini ta’kidladi.

2024-yilning iyul oyida boshlangan “Humo”ni xususiylashtirish jarayoni kompaniya ustav kapitalidagi davlat ulushining 100%ni sotishni nazarda tutadi. Xususiylashtirishda ishtirok etish uchun saralash jarayonida Yevropa va Osiyoning sakkiz nafar investori ariza topshirgan bo‘lib, ulardan olti nafari keyingi bosqichga o‘tgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
/
O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
/
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi
/
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi