Fitch Ratings agentligi “Kapital Sug‘urta“ reytingini “B-” darajasiga pasaytirdi

Bunga kompaniyaning 2024-yilda oliyaviy tavakkalchilik sug‘urtasi ulushi 60% ga yetgani sabab bo‘lgan

Fitch Ratings agentligi “Kapital Sug‘urta“ reytingini “B-” darajasiga pasaytirdi

Fitch Ratings agentligi “Kapital Sug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingini (IFS) “B” darajasidan “B-” darajasiga tushirdi va “Barqaror” prognozini belgiladi.

Reytingning pasaytirilishi “Kapital Sug‘urta” biznesining oshgan tavakkalchiligi, diversifikatsiyaning kamayishi, kapitalizatsiyaning zaiflashishi, moliyaviy ko‘rsatkichlarning sustligi hamda yuqori investision va rezerv xavflari bilan bog‘liq bo‘ldi.

Agentlik kompaniyaning biznes xavf profili yomonlashganini, bunga sabab u moliyaviy tavakkalchilik bilan bog‘liq mahsulotlarga ko‘proq e’tibor qaratayotganini qayd etdi.

Xususan, 2024-yilda to‘lovga layoqatsizlik yoki bankrotlikdan himoya qiluvchi moliyaviy tavakkalchilik sug‘urtasi ulushi brutto mukofotlarda 60% ga, neto mukofotlarda esa 52% ga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilda mos ravishda 11% va 12% ni tashkil etgan edi.

Bunday strategik yo‘nalish “Kapital Sug‘urta” ning sug‘urta to‘lovlari o‘zgaruvchanligiga ta’sirchanligini oshiradi, ayniqsa, makroiqtisodiy beqarorlik davrida, deya ta’kidladi ekspertlar.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
/
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
/
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi
/
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi