O‘zbekistonda kadastr pasportlarini berish muddati o‘zgartirildi
Endilikda pasportni tayyorlash muddati obyektning turi va murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yil 27-may kuni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino hamda inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qarorga bilan kadastr pasporti berish bo‘yicha davlat xizmatlari reglamentiga o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda pasport tayyorlash muddati obyektning murakkabligiga qarab belgilandi.
Masalan, ko‘p qavatli uylaridagi kvartiralar uchun — 5 ish kuni ichida, xususiy uylar uchun — 8 ish kuni ichida pasport tayyorlanishi kerak.
Agar obyekt butun ko‘p kvartirali uy yoki noturar joy bo‘lsa, uning umumiy maydoniga qarab kadastr pasporti olish muddati quyidagicha belgilanadi:
-
100 kvadrat metrgacha bo‘lgan obyektlar uchun — 8 ish kuni;
-
100 dan ming kv.m gacha — 10 ish kuni;
-
mingdan 5 ming kv.m gacha — 15 ish kuni;
-
5 ming dan 15 ming kv.m gacha — 20 ish kuni;
-
15 ming dan 50 ming kv.m gacha — 26 ish kuni;
-
50 ming kv.m dan ortiq obyektlar uchun — 35 ish kuni.
Qaror 2025-yil 28-maydan boshlab kuchga kirdi va qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ