Germaniya kansleri: JST o‘z vazifasini bajarishni to‘xtatdi

Fridrix Mers tashkilot amalda faoliyat yuritmasligi haqida aytdi va Yevropa Ittifoqi hamda AQSH bilan birgalikda yangi erkin savdo tizimini ilgari surishni taklif etdi

Germaniya kansleri: JST o‘z vazifasini bajarishni to‘xtatdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Jahon savdo tashkiloti endi o‘z rolini bajarmayotgani va amalda faoliyat yuritmasligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda RIA xabar berdi.

Berlindagi elchilar konferensiyasida so‘zga chiqqan Mers, Germaniya yevropalik hamkorlar bilan birgalikda, shu jumladan AQSH bilan muloqotda qoidalarga asoslangan erkin savdo tizimini ilgari surishga intilayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, buning uchun “ijodkorlik va fidoyilik” talab etiladi.

Mersning aytishicha, jahon savdosining hozirgi tuzilmasi zamon talablariga javob bermaydi. U JSTning hozirgi ko‘rinishi yuzaga kelayotgan ziddiyat va mojarolarni hal qilishga qodir emasligini ta’kidladi. Fridrix Mersning bayonotlari JST rahbari Ngozi Okonjo-Ivealaning ogohlantirishlari fonida yangradi. Uning aytishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp siyosati so‘nggi 80 yil ichidagi eng yirik qoidabuzarliklarga olib kelgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple uzoq kutilgan taqdimotini o‘tkazdi
/
Apple uzoq kutilgan taqdimotini o‘tkazdi
Apple 9-sentabr kuni yangi avlod iPhone modellarini taqdim etdi
/
Apple 9-sentabr kuni yangi avlod iPhone modellarini taqdim etdi
1-yanvardan barcha turdagi ishonchnomalarni onlayn rejimda tekshirish platformasi yaratiladi
/
1-yanvardan barcha turdagi ishonchnomalarni onlayn rejimda tekshirish platformasi yaratiladi