Italiyaning mashhur dizayneri Jorjo Armani 91 yoshida vafot etdi

U yiliga $2,7 mlrdlik aylanmaga ega “Armani Group” ni 50 yildan buyon boshqarib kelgan

Italiyaning mashhur dizayneri Jorjo Armani 91 yoshida vafot etdi

Italiyaning mashhur moda dizayneri Jorjo Armani hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda kompaniya 4-sentabr kuni ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Cheksiz qayg‘u bilan “Armani Group” o‘z asoschisi, yaratuvchisi va doimiy ilhom manbai Jorjo Armanining vafotini e’lon qiladi, — deyiladi moda uyining bayonotida.

91 yoshli Armani zamonaviy italyan uslubi va nafisligining ramzi sifatida tanilgan edi. U dizaynerlik iste’dodini tadbirkorlik mahorati bilan uyg‘unlashtirib, yiliga qariyb 2,3 mlrd yevro ($2,7 mlrd) aylanmaga ega “Armani Group” kompaniyasini 1975-yildan buyon boshqarib kelgan.

So‘nggi paytlarda uning sog‘lig‘i yomonlashgani bois, iyun oyida bo‘lib o‘tgan Milan erkaklar moda haftaligidagi shoulardan voz kechishga majbur bo‘lgan edi. Bu — uning butun faoliyati davomida ilk marta podium tadbirini qoldirishi bo‘ldi.

“Re Jorjo” — “Qirol Jorjo” nomi bilan tanilgan dizayner o‘z kolleksiyasining eng kichik tafsilotlaridan tortib, biznesining barcha jabhalarini, jumladan reklama kampaniyalari va podiumga chiqayotgan modellarning soch turmaklarigacha shaxsan boshqarishi bilan mashhur edi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, juma kuni va yakshanba kuni Milanda motam zali tashkil etiladi. Keyinchalik esa xususiy dafn marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan, sanasi esa ochiqlanmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Kuzda O‘zbekistondan aviachiptalarni band qilish 12% ga ko‘paydi
/
Kuzda O‘zbekistondan aviachiptalarni band qilish 12% ga ko‘paydi
O‘zbekistonda avtomobillarni sertifikatlashga xususiy kompaniyalarni jalb qilish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda avtomobillarni sertifikatlashga xususiy kompaniyalarni jalb qilish rejalashtirilmoqda
Janubiy Koreyaning “Mom’s Touch” tarmog‘i O‘zbekistonda restoran ochadi
/
Janubiy Koreyaning “Mom’s Touch” tarmog‘i O‘zbekistonda restoran ochadi