O‘zbekiston Amerika kompaniyasidan $300 mlnlik qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib oladi

Mablag‘ning yarmi paxta terish uskunalarini xarid qilishga yo‘naltirildi

O‘zbekiston Amerika kompaniyasidan $300 mlnlik qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib oladi

O‘zbekiston hukumati Amerikaning John Deere korporatsiyasi bilan $300 mlnlik qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda AQSh Savdo vazirligi.

Shartnoma O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh savdo vaziri Xovard Latnik ishtirokidagi davra suhbati yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama bitimlarni imzolash marosimi doirasida imzolandi.

AQSh Savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shartnomaning yarmi — $150 ml Ayova shtatining Ankeni shahridagi John Deere Des Moines Works zavodida ishlab chiqarilgan paxta terish texnikasini sotib olishga yo‘naltiriladi.

Kelishuv Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan “C5+1” formati doirasida imzolangan AQShning Markaziy Osiyo davlatlari bilan investitsiya va savdo loyihalari seriyasining bir qismi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Boeing va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi qo‘shimcha 8 ta Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha yakuniy shartnoma imzoladi, bu esa umumiy buyurtmani 22 ta keng fyuzelyajli laynerga yetkazdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va AQSh nodir metallarni qazib olish, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, tomchilatib sug‘orishni joriy etish, loviya va paxta yetkazib berish bo‘yicha ham bitimlar imzolagan. Prezident Donald Tramp mamlakatlar o‘rtasida 100 mlrd dollarlik “aql bovar qilmaydigan savdo-iqtisodiy kelishuv” tuzilgani haqida ma’lum qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“John Deere” O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
/
“John Deere” O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Andijonda $1,4 mlrdlik 4 ta yirik loyiha amalga oshiriladi
/
Andijonda $1,4 mlrdlik 4 ta yirik loyiha amalga oshiriladi
Toshkent va Nurafshon shaharlari o‘rtasida BRT yo‘lak quriladi
/
Toshkent va Nurafshon shaharlari o‘rtasida BRT yo‘lak quriladi