O‘zbekistonda YHQ buzganlik uchun jarimani qanday to‘lash va shikoyat qilish mumkin

Jarimalarni to‘lashning qulay usullari va onlayn tarzda shikoyat qilish uchun usullari

O‘zbekistonda YHQ buzganlik uchun jarimani qanday to‘lash va shikoyat qilish mumkin

Siz jarimaga tortildingiz va uni qanday to‘lash yoki shikoyat qilishni bilmayapsizmi? Bugungi maqolamizda jarimalarni to‘lash usullari va ularga qanday qilib e’tiroz bildirish mumkinligi haqida gaplashamiz.

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini (YHQ) buzganlik uchun jarimalarni to‘lash va shikoyat qilishning qulay usullari mavjud.

Jarimani to‘lash

Qoidabuzarliklar uchun jarimalar  haydovchining guvohnomasiga yoki mashinaning o‘ziga qo‘llanilishi mumkin. Agar YPX xodimi tomonidan mashina to‘xtatilib jarima solinganda, jarima haydovchining nomiga yoziladi. Agar haydovchi tezlikni oshirib, xavfsizlik kamarini taqmagan bo‘lsa va boshqa kamera orqali aniqlangan qoidabuzarliklar mashina raqamiga nisbatan qo‘llaniladi.

Jarimalarni quyidagi usullar orqali to‘lash mumkin:

 1. To‘lov tizimlari orqali: Ilovalarda “Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) jarimalari” bo‘limini toping, qaror raqamini kiriting, shundan so‘ng to‘lov summasi, ismingiz va qoidabuzarlik turi aks etadi. Jarima qarori sizga topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida to‘lov amalga oshirilsa, 50% chegirma beriladi.

 2. Road24 xizmati orqali: “To‘lash” tugmasini bosing, tizim avtomatik ravishda kartangizdan jarima summasini yechib oladi.

 3. YHXB kassasi yoki bank orqali: Istalgan hududdagi YHXB kassasida yoki eng yaqin bankda jarima qarorini taqdim etib to‘lovni amalga oshirish mumkin.

Jarima to‘lash muddati

 • Agar jarima YPX inspektori tomonidan sizning ishtirokingizda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, uni to‘lash uchun 30 kun muddat beriladi.

 • Agar jarima avtomatlashtirilgan kamera tizimi tomonidan qayd etilgan bo‘lsa, to‘lash muddati 60 kun.

 • Agar jarima 15 kun ichida to‘langan bo‘lsa, 30% chegirma beriladi va faqat 70% miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.

Shuningdek, shuni ham unutmaslik kerakki, jarimalarni belgilangan muddatda to‘lamasangiz, ish sudga oshirilishi mumkin.

Jarimaga shikoyat qilish

2024-yil 1-sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda YHQ buzilishi uchun berilgan jarimalarga onlayn shikoyat qilish imkoni yaratildi. Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) — my.gov.uz orqali ariza yuborish mumkin.

Jarimaga shikoyat berish tartibi

 1. YIDXP portalida ro‘yxatdan o‘ting yoki tizimga kiring.

 2. “Yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima bo‘yicha shikoyat” xizmatini tanlang.

 3. Shikoyatingizni asoslovchi ma’lumotlarni kiriting va jo‘nating.

Shikoyat jo‘natilgach, vakolatli organ tomonidan tekshirilib, qaror qabul qilinadi. Natijalar elektron shaklda taqdim etiladi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklar uchun chet elda biznes ochish: bosqichma-bosqich yo‘riqnoma
/
O‘zbekistonliklar uchun chet elda biznes ochish: bosqichma-bosqich yo‘riqnoma
Biznesingiz kredit olishga tayyormi: qarzni jalb qilish vaqti kelganini qanday tushunish mumkin
/
Biznesingiz kredit olishga tayyormi: qarzni jalb qilish vaqti kelganini qanday tushunish mumkin
O‘zbekistonda biznesni qanday boshlash mumkin: hujjatlar, xarajatlar va asosiy qadamlar
/
O‘zbekistonda biznesni qanday boshlash mumkin: hujjatlar, xarajatlar va asosiy qadamlar