O’zbekistonda YTT sifatida ro’yxatdan o’tkazmasdan biznes yuritganlik uchun jarimani bekor qilish rejalashtirilmoqda

Shuningdek, tadbirkorlarning tekshiruvlari yagona raqamli platformaga o'tkaziladi

O’zbekistonda YTT sifatida ro’yxatdan o’tkazmasdan biznes yuritganlik uchun jarimani bekor qilish rejalashtirilmoqda

4-noyabr kuni prezident tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab bitta huquqbuzarlik uchun bitta javobgarlik chorasini belgilash rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinmoqda.

Shuningdek, raqamli markirovkalash qoidalarini hamda fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish, xodimlar sonini yashirish uchun ma’muriy javobgarlik ham bekor qilinadi.

Nizolar hal qilinishini yengillashtirish maqsadida 2025-yil 1-martdan sudda ish yuritish taraflar kelishuvi bilan tugatilganda davlat bojining bir qismini qaytarib berish tartibi joriy etiladi.

Tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari ro‘yxati tasdiqlanadi. Unda yo‘q masalalar bo‘yicha tadbirkorlar faoliyatini tekshirish taqiqlanadi.

Tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.

2025-yildan tekshiruvlar “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi doirasida tadbirkorlarni 3ta toifaga ajratgan holda o‘tkaziladi.

Shunigdek, tadbirkorlar faoliyatida noqonuniy tekshiruvlarning oldini olish, nazorat organlarining tekshiruvchi xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha fikrlar bildirildi. Davlat rahbari bu choralarni huquqiy jihatdan takomillashtirish, amaliyotda adolatli qo‘llanishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekiston $1,4 mlrdlik oziq-ovqat eksport qildi
/
O’zbekiston $1,4 mlrdlik oziq-ovqat eksport qildi
O’zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O’zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
Ulug‘bek Tavakkalov “Madad Invest Bank” boshqaruvi raisi lavozimini tark etdi
/
Ulug‘bek Tavakkalov “Madad Invest Bank” boshqaruvi raisi lavozimini tark etdi