Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasini qo‘lladi

Shuningdek, 2 ta to‘lov tashkiloti, 2 ta to‘lov tizimi operatori va 4 ta tijorat bankiga ogohlantirish berildi

Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasini qo‘lladi

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan joriy yilning oktyabr oyidagi yig‘ilishlarida 32 ta masala ko‘rilib, ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 16 ta, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga bo’yicha ham 16 ta masala muhokama qilindi.

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirish orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi. 

Shuningdek, 2 ta to‘lov tashkiloti va 2 ta to‘lov tizimi operatori tomonidan to‘lov tizimi operatorlari hamda to‘lov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori va tashkiliy-huquqiy shakliga qo‘yilgan talablar bajarilmaganligi hamda 4 ta tijorat bankida xavfsizlikni ta’minlash va avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotlarni muhofaza qilish ishlarini tashkil etishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi sababli ularga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirish berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Carvon” yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi 8,150 so‘mga ko‘tarildi
/
“Carvon” yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi 8,150 so‘mga ko‘tarildi
O‘zbekistonda ikki yangi mikromoliya tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazildi
/
O‘zbekistonda ikki yangi mikromoliya tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazildi
Bayram va dam olish kunlari qaysi bank shoxobchalari ishlashi ma’lum bo’ldi
/
Bayram va dam olish kunlari qaysi bank shoxobchalari ishlashi ma’lum bo’ldi