Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron xizmat ishga tushiriladi
Iyul oyi oxiriga qadar YaIDXP, Davlat xizmatlari markazlarida bunday xizmat yo‘lga qo‘yiladi

“Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olish yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Unda avtotransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarish davlat xizmatini elektron shaklga o‘tkazish belgilangan.
Xususan, 2025-yil 31-iyulga qadar YaIDXP, Davlat xizmatlari markazlari yoki Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olish davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olish yuzasidan DYHXXga an’anaviy (og‘zaki yoki yozma) tarzda murojaat qilishi mumkin.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olish yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlanadi:
- avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olish yuzasidan murojaat qilish tartibi;
- avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olish yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi.
Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025 yil 20 iyulga qadar avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olish yuzasidan elektron murojaat etish uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘radi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ