Toshkentda jamoat transporti tun-u kun ishlaydigan rejimga o’tadi

Ko’ngilochar muassasalar juma va shanba kunlari 24/7 ishlaydi

Toshkentda jamoat transporti tun-u kun ishlaydigan rejimga o’tadi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish maqsadida bir nechta takliflar kiritilmoqda. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida xabar berdi.

Unga ko’ra, 2025-yil 1-fevraldan tungi iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ishchi guruh tuziladi. Ko‘ngilochar muassasalarning juma va shanba kunlari kecha-kunduz ishlashi hamda ularning ish soatlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilinadi.

Shuningdek, turistik jozibador zonalarni aniqlash va ularda tungi tadbirlar uchun joylarni tashkil etish, hamda Toshkent shahridagi jamoat transportini (avtobuslar, tramvay, metro) kecha-kunduz ishlash rejimiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, tungi muassasalar, jamoat transporti yo‘nalishlari va maxsus takliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Tungi Toshkent” elektron platformasini yaratiladi.

Tungi iqtisodiyotga ma’lum hududlarni modernizatsiya qilish, ko‘chalarni yoritishni kuchaytirish hamda aholi va sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish ham kiritilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda Latviyada O’zbekiston kompaniyalariga 2 ta yirik ombor quriladi
/
2025-yilda Latviyada O’zbekiston kompaniyalariga 2 ta yirik ombor quriladi
“Yandeks”ning yillik soliq tushumlari 125 mlrd so’mni tashkil etdi
/
“Yandeks”ning yillik soliq tushumlari 125 mlrd so’mni tashkil etdi
Yangihayot tumanida “Yo’ldosh” massivini yangilash boshlandi
/
Yangihayot tumanida “Yo’ldosh” massivini yangilash boshlandi