O‘zbekiston Markaziy banki iyun oyida ham oltinning eng yirik xaridoriga aylandi

Bir oyda dunyo markaziy banklari 22 tonna oltin sotib olgan

O‘zbekiston Markaziy banki iyun oyida ham oltinning eng yirik xaridoriga aylandi

2025-yil iyun oyida O‘zbekiston Markaziy banki 9 tonna oltin xarid qilib, oyning eng yirik xaridori bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ma’lum qilmoqda.

May oyida Markaziy bank 1 tonna, aprel va mart oylarida esa 11 tonnadan qimmatbaho metall sotgandi.

Zaxiralarning sezilarli darajada ko‘payishi Qozog‘iston (7 tonna), Turkiya, Chexiya va Xitoy (2 tonnadan) markaziy banklarida ham qayd etildi. Qirg‘iziston, Qatar va Filippin esa yana bir tonnadan sotib oldi.

Savdo hajmi bo‘yicha Singapur yetakchilik qildi, u zaxiralarini 5 tonnaga kamaytirdi. Ushbu mamlakat ketma-ket ikkinchi oy davomida sotilgan oltin hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Umuman olganda, iyun oyi yakunlariga ko‘ra, jahon markaziy banklari 22 tonna oltin sotib oldi. 2025-yilning birinchi yarim yilligida ularning sof xaridlari 123 tonnani tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi