Iyun oyida O‘zbekistonda biznes faolligi indeksi 1,6% ga pastladi

Shuningdek, jami 6,31 mln bank operatsiyasi qayd etilgan

Iyun oyida O‘zbekistonda biznes faolligi indeksi 1,6% ga pastladi

2025-yil iyun oyida O‘zbekistonda biznes faolligi indeksi (BFI) 984 punktni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 1,6% ga pasaygan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qilmoqda.

Bank operatsiyalari:

Iyun oyida jami 6,31 mln bank operatsiyasi qayd etilgan, bu may oyiga nisbatan 135,8 mingtaga kam. Eng katta pasayish Jizzax (-7,3%), Namangan (-4,2%), Qoraqalpog‘iston (-3,9%) va Toshkent shahri (-2,8%)da kuzatildi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan bank tranzaksiyalari soni 2,1% ga kamaydi.

Xomashyo birjasi faolligi:

Indeks komponenti 1,7% ga kamayib, 0,9833 punktni tashkil etdi. Bu pasayish birjada tuzilgan shartnomalar sonining 7,2% ga kamayishi va o‘rtacha xarid hajmining 3,8% ga oshishi bilan izohlanadi. Respublika tovar-xomashyo birjasidagi umumiy savdo hajmi 6,47 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 21,9% ga kamaydi.

Faol tadbirkorlik subyektlari:

Bu komponent 0,9% ga o‘sib, 1,0088 punktga yetdi. Faol korxonalar soni 7,86 mingtaga ko‘payib, umumiy son 489,6 mingtaga yetdi. Shundan kichik biznes subyektlari 7,7 mingtaga ko‘paygan (393,3 mingtaga yetgan), fermer xo‘jaliklari esa 202 taga ko‘payib, 92,3 mingtani tashkil etmoqda. Katta korxonalar soni esa 41 taga kamaygan (hozirda 3,9 mingta).

Tovar belgilarining ro‘yxatdan o‘tkazilishi:

Iyun oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan savdo belgilarining indeksi 0,8587 punktga tushdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 14,1% ga kam. Juridik shaxslar tomonidan 310 ta yangi tovar belgisi va nomi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Hududiy natijalar:

Iyun oyida biznes faolligi indeksi 9 ta hududda o‘sdi. Eng katta o‘sish Qashqadaryo viloyatida (+43,8%), Andijon (+41,4%) va Namangan (+37%) viloyatlarida qayd etildi.

Shu bilan birga, Sirdaryo (-7,2%), Jizzax (-4,9%) va Buxoro (-4,4%) viloyatlarida indeks pasaygan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nurafshonda qiymati $11 mln bo‘lgan yangi to‘qimachilik fabrikasi ochildi
/
Nurafshonda qiymati $11 mln bo‘lgan yangi to‘qimachilik fabrikasi ochildi
“Centrum Air” yangi Airbus A321NEO samolyotini sotib oldi
/
“Centrum Air” yangi Airbus A321NEO samolyotini sotib oldi
Prezident Jizzaxda qurilayotgan qiymati $150 mlnlik maishiy texnika zavodini ko‘zdan kechirdi
/
Prezident Jizzaxda qurilayotgan qiymati $150 mlnlik maishiy texnika zavodini ko‘zdan kechirdi