Iyul oyida O‘zbekistonda 1,24 mlrd kVt/soat “yashil” energiya ishlab chiqarildi

Bu eng yuqori oylik ko‘rsatkich bo‘lib, umumiy elektr generatsiyasining 17% ini tashkil etgan

Iyul oyida O‘zbekistonda 1,24 mlrd kVt/soat “yashil” energiya ishlab chiqarildi

Energetika vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, 2025-yil iyul oyida O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 1,24 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu mamlakat energetika tizimidagi eng yuqori oylik ko‘rsatkich bo‘lib, umumiy elektr generatsiyasining 17% ini tashkil etgan.

Hozirda umumiy quvvati 4,1 ming megavattga teng bo‘lgan 11 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 4 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

Bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich 2025-yil may oyida qayd etilgan bo‘lib, u vaqtda 1,1 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi. Iyul oyidagi ko‘rsatkich may oyiga nisbatan 142 mln kVt/soatga ko‘p bo‘ldi.

2025-yil iyul oyida ishlab chiqarilgan umumiy 1,24 mlrd kVt/soat energiyaning 760,9 mln kVt/soati quyosh stansiyalari hissasiga to‘g‘ri kelsa, 485,4 mln kVt/soati shamol stansiyalarida ishlab chiqarilgan.

Iyul oyida ishlab chiqarilgan 2,89 mlrd kVt/soat elektr energiyasi 1,49 mln xonadonning yetti oylik yoki 870 ming xonadonning bir yillik energiya ehtiyojini qoplash imkonini beradi.

Shuningdek, 2025-yil 2-avgust holatiga ko‘ra, yil boshidan buyon respublikadagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasi miqdori 6 mlrd kVt/soatdan oshgani qayd etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqishning yangi tartibi tasdiqlandi
/
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqishning yangi tartibi tasdiqlandi
Tadbirkorlarga o‘z obyektlari yonidagi yerlarni auksionsiz ijaraga olishga ruxsat berildi
/
Tadbirkorlarga o‘z obyektlari yonidagi yerlarni auksionsiz ijaraga olishga ruxsat berildi
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurish rejalashtirilmoqda
/
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurish rejalashtirilmoqda