O‘zbekistonda pul massasi 312,5 trln so‘mga yetib, rekordni qayd etdi

Iyun oyida umumiy pul hajmi 12,3 trln so‘mga ko‘paydi

O‘zbekistonda pul massasi 312,5 trln so‘mga yetib, rekordni qayd etdi

O‘zbekistonda pul massasi tarixiy rekord qayd etdi. Bu haqdagi maʼlumot Markaziy bank tomonidan eʼlon qilindi.

1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi pul massasi 312,5 trln so‘mga yetdi. Mazkur miqdor respublika iqtisodiy tarixida birinchi marta qayd etildi.

May oyi yakunida pul massasi hajmi ilk marta 300 trln so‘mdan oshgandi. Iyun oyida mamlakatdagi umumiy pul hajmi 12,3 trln so‘mga ko‘paydi. Oxirgi bir yilda esa 76 trln so‘mga o‘sdi.

Bunda asosiy o‘sish 10,6 trln so‘mlik milliy valyuta hisobiga yuz berdi. O‘tgan oy yakunida so‘mdagi pul massasi 250 trln so‘mga yetgan.

Iyun oyida muomalada bo‘lgan naqd pullar 3,9 trln so‘mga ko‘payib, jami 59,1 trln so‘mni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Eksportchilar fermerlar uchun imtiyozli moliyalashtirishni taklif qildi
/
Eksportchilar fermerlar uchun imtiyozli moliyalashtirishni taklif qildi
O‘zbekistonda eskrou-hisob raqamlariga o‘tish uy-joy narxini oshirishi mumkin
/
O‘zbekistonda eskrou-hisob raqamlariga o‘tish uy-joy narxini oshirishi mumkin
Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopildi
/
Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopildi