Buyuk Britaniya kompaniyasi “Itransition” ulushlarini sotib olmoqchi

Mazkur bitim bozorda raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi o’rganildi

Buyuk Britaniya kompaniyasi “Itransition” ulushlarini sotib olmoqchi

Raqobat qo‘mitasi Buyuk Britaniyaning “Itransition Holdco Limited” kompaniyasi “Itransition” MCHJning 100% ulushini sotib olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqdi. Bu haqda qo’mita o’z rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Bayonotga ko’ra, “Itransition Holdco Limited” kompaniyalar guruhi va “Itransition” MCHJ axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlashtirish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.

Qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar bozorda raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish va bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonda ishlab chiqaruvchilar uchun yangi ekotizim joriy etiladi
/
O’zbekistonda ishlab chiqaruvchilar uchun yangi ekotizim joriy etiladi
O’zbekistonda rubl va yuandan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O’zbekistonda rubl va yuandan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
2025-yilda Qashqadaryo viloyatiga $3,5 mlrd investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda
/
2025-yilda Qashqadaryo viloyatiga $3,5 mlrd investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda