2025-yilga borib IT Park rezidentlari soni 3 mingga yetadi

Yil oxiriga qadar rezidentlar tomonidan 20 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatish rejalashtirilmoqda

2025-yilga borib IT Park rezidentlari soni 3 mingga yetadi

2025-yil oxirigacha IT Park rezidentlari sonini 3 mingga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 9-yanvar kuni muhokamaga qo‘yilgan davlat dasturida belgilangan. 

Shundan kamida 250 ta kompaniya eksport xizmatlarini taqdim etishi, jumladan, 50 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar bo‘lishi kutilmoqda.

Yil yakuniga qadar IT Park rezidentlari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar qiymati 20 trillion so‘mga yetishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, dekabr oyigacha ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

2024-yil uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, IT Parkda 2,4 mingdan ortiq rezident ro‘yxatdan o‘tgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Taksi agregatorlari bozorida WB Taxi ustun mavqega ega operator deb topildi
/
Taksi agregatorlari bozorida WB Taxi ustun mavqega ega operator deb topildi
Markaziy bank oktabr oyida 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
/
Markaziy bank oktabr oyida 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
JSTga a’zo bo‘lish doirasida telefonlar importiga bojxona boji bekor qilinadi — Bojxona qo‘mitasi
/
JSTga a’zo bo‘lish doirasida telefonlar importiga bojxona boji bekor qilinadi — Bojxona qo‘mitasi