“IT Park Uzbekistan”ning Seulda vakolatxonasi ochildi

Ofis texnoklasterning Koreya sanoat hamkorlik instituti bilan hamkorligi doirasida ochildi

“IT Park Uzbekistan”ning Seulda vakolatxonasi ochildi

30-oktyabr kuni “IT Park Uzbekistan”ning Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida vakolatxonasi ochildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Vakolatxona Oʻzbekiston — Koreya IT-biznes alyansi doirasida faoliyat yuritib, ikki mamlakat texnologiya kompaniyalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashishni maqsad qilgan.

«Koreyada ofisning ochilishi “IT Park” uchun muhim bosqich boʻldi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan IT sohasini rivojlantirishga qaratilgan farmon imzolangunga qadar yetti yil oldin tasavvur qilish qiyin boʻlgan yutuqdir. Ishonchimiz komilki, ushbu ofis mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni tezlashtirib, ikkala ekotizimga ham foyda keltiradi», — deydi “IT Park” direktori Jahongir Rajabov.

Kompaniya xabariga ko‘ra, vakolatxona ochilishi Janubiy Koreyaning Oʻzbekistonga istiqbolli global IT-markaz sifatida qiziqishi ortib borayotgani ifodasidir. Joriy yilning uchinchi choragi yakuniga koʻra, Oʻzbekistondan Koreyaga IT-xizmatlar eksporti 4,6 baravarga oshdi. 

Bundan oldin, O’zbekistonda xorijga xizmat ko’rsatuvchi IT-kompaniyalar soni 70%ga oshgani hamda mahsulot va xizmatlar eksporti geografiyasi 78 ta mamlakatga yetgani haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi