“IT-Park”da yuzga yaqin kompaniya rezident maqomini oldi

Ulardan 66 tasi eksportga yo'naltirilgan

“IT-Park”da yuzga yaqin kompaniya rezident maqomini oldi

Joriy yilning sentyabr oyida “IT-Park”ga 99 ta yangi IT-kompaniyalar qo’shildi, ulardan 29 tasi xorijiy kapitalga ega. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi rezidentlarning umumiy sonidan 66 ta kompaniya (uchdan ikki qismi) eksportga mo’ljallangan. Ularning biznes-rejalariga ko’ra, birinchi yil davomida ular mahalliy mutaxassislar uchun 700 dan ortiq ish o’rinlari yaratish niyatida.

Shunday qilib, “IT-Park”dagi eksport qiluvchi kompaniyalar soni 936 taga etdi va xorijiy kapitalga ega rezidentlar soni 574 taga etdi.

Yangi rezidentlar autsorsing (19 kompaniya), dasturiy ta’minotni ishlab chiqish (22), o’z mahsulotlarini sotish (16) va ijodiy sohadagi xizmatlar (3) bilan shug’ullanadilar. Ularning eksport bozorlariga AQSh, Germaniya, Shveytsariya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Singapur, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va BAA kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi