Toshkentdagi IT-park hududida $150 mlnlik data-markaz barpo etiladi

Keyingi bosqichlarda $3 mlrd investitsiya evaziga quvvat 12 megavvatdan 500 megavattga yetkaziladi

Toshkentdagi IT-park hududida $150 mlnlik data-markaz barpo etiladi

Toshkentdagi IT-park hududi 1,5 barobar kengaytirilib, unda Saudiya Arabistonining “DataVolt” kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 12 megavatt bo‘lgan $150 mlnlik data-markaz barpo etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Keyingi bosqichlarda yana $3 mlrd investitsiya kiritilib, quvvat 500 megavattga yetkaziladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT-parkka tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Ikki yil oldin $200 mln investitsiya hisobiga ushbu loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirilgan edi. Qariyb 4 gektar maydonda 20-25 qavatli 6 ta ofis binosi va zamonaviy kongress-xoll barpo etildi.

Hozirgi kunda IT-park rezidentlari soni 3,2 mingta kompaniyaga yetdi, ularda 14 mingdan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili rezidentlar tomonidan $1,6 mlrdlik xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yil yakuni bilan mazkur ko‘rsatkich $2,5 mlrddan ortishi kutilmoqda.

Eksport hajmi esa ilk bor $1 mlrlik marradan oshishi rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, 300 mingdan ziyod yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash maqsad qilingan. Xorijiy ekspertlar faqatgina sun’iy intellekt yo‘nalishining o‘zida O‘zbekistonning salohiyatini $10 mlrdga baholamoqda, deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Bundan tashqari, ushbu hududda jami 6 ta bino – Sun’iy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlari, 2 ta 20 qavatli ofis binosi, shuningdek, servis va savdo markazlari quriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur majmua eng zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va bilimlarga asoslangan “Sun’iy intellekt xabi”ga aylanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda oyiga $5 evaziga ChatGPT Go obunasi joriy etildi
/
O‘zbekistonda oyiga $5 evaziga ChatGPT Go obunasi joriy etildi
Toshkentda Koreya bilan hamkorlikda tibbiyot markazi qurilishi boshlandi
/
Toshkentda Koreya bilan hamkorlikda tibbiyot markazi qurilishi boshlandi
“Toshkent” fond birjasi sobiq rahbari “Kapitalbank” kuzatuv kengashi a’zosi etib saylandi
/
“Toshkent” fond birjasi sobiq rahbari “Kapitalbank” kuzatuv kengashi a’zosi etib saylandi