O’zbekistonda xorijga xizmat ko’rsatuvchi IT-kompaniyalar soni 70%ga oshdi

Shuningdek, mahsulot va xizmatlar eksporti geografiyasi 78 ta mamlakatga yetdi

O’zbekistonda xorijga xizmat ko’rsatuvchi IT-kompaniyalar soni 70%ga oshdi

Joriy yilning 3-choragi yakunlariga ko’ra O’zbekistondan xorijga xizmat ko’rsatuvchi IT-kompaniyalar soni o’tgan yilning shu davriga nisbatan 70%ga oshib 936 taga yetdi. Bu haqda “IT Park” xabar berdi

3-chorak yakuni bo‘yicha “IT Park” rezidentlarining umumiy soni 2 384 taga yetgan. Yangi 434 nafar eksportchi rezidentlar orasidagi 223 ta kompaniya IT-xizmatlarni amalga oshirayotgan bo’lsa, 190 ta kompaniya xorijiy kompaniyalarga autsorsing va boshqa xizmatlar ko‘rsatmoqda, 21 ta kompaniya esa kreativ sanoat va “GameDev” sohasida faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, 434 ta yangi eksportchi rezidentlardan 191 tasi biznesni rivojlantirish uchun respublika hududlarini tanlagan. Eng mashhur joylar Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘ldi.

Shu bilan birga, O‘zbekistondan mahsulot va xizmatlar eksporti geografiyasi sezilarli darajada oshib, 58 tadan 78 ta mamlakatga yetdi. 

Jami eksport hajmining qariyb yarmi ya’ni 45% Shimoliy Amerikaga,  xizmatlar va mahsulotlarning 21% Yevropa va Buyuk Britaniyaga, 27% MDH va Osiyo-Tinch okeani mintaqalariga, 6% esa MENA mamlakatlariga yetkazilmoqda.

3-chorak yakunlariga bo’yicha, xorijiy kapital ishtirokida 200 dan ortiq kompaniya tashkil etilib, ulardan 89 tasi hududlarda ochilgan. Har oyda o’rtacha hisobda boshqa mamlakatlardan 25 ta kompaniya rezidentlar safiga qo‘shilmoqda. Xodimlar soni esa o’tgan yilga nisbatan 10 ming nafarga oshib 36,3 mingga yetdi.

Shuningdek, yanvar-sentyabr oylarida “IT Park Uzbekistan” rezident startaplari umumiy qiymati $124,7 mlndan ortiq investitsiyalarni jalb etib, istiqbolli startap loyihalar soni 200 taga yetdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekneftgaz” obligatsiyalarning eng yirik emissiyasi bilan bozorga kirdi
/
“O‘zbekneftgaz” obligatsiyalarning eng yirik emissiyasi bilan bozorga kirdi
Xorazm viloyatida arzon minivenlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Xorazm viloyatida arzon minivenlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng oshdi