4.8.2025 | 12:38
Chet ellik IT-gigantlar O‘zbekistonda yarim yilda 78 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi
Barcha soliqlarning yarmidan ko‘pi Meta, Apple va Google’ga to‘g‘ri keldi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston hududida elektron xizmatlar ko‘rsatgan 72 ta xorijiy kompaniya davlat byudjetiga 78,2 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 42% ko‘p, deya xabar bermoqda Soliq qo‘mitasi.
Eng yirik soliq to‘lovchilar quyidagilar bo‘ldi:
- Meta — 22,6 mlrd so‘m;
- Apple — 22,1 mlrd so‘m;
- Google — 19,4 mlrd so‘m.
Uchala kompaniya birgalikda barcha soliqlarning yarmidan ko‘pini to‘lagan.
Yirik to‘lovchilar o‘ntaligiga yana quyidagilar kiritildi:
- OpenAI — 2,9 mlrd so‘m;
- Booking.com — 1,9 mlrd so‘m;
- TikTok — 1,8 mlrd so‘m;
- Netflix — 896,2 mln so‘m;
- ACCA — 797,1 mln so‘m;
- Zoom — 786,7 mln so‘m;
- Adobe — 530,8 mln so‘m.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ