Toshkent viloyatida 10-sentabrdan issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshiriladi
Xususan, yuridik shaxslar uchun bir Gkal uchun xizmat narxi 560 ming so‘mdan 700 ming so‘mga ko‘tariladi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining qarori bilan 10-sentabrdan issiqlik korxonalarining issiq suv va isitish xizmatlari tariflari o‘zgaradi.
Hujjat bilan viloyat “Issiqlik ta’minoti” MCHJ, “Angren shahar issiqlik ta’minoti” MCHJ, Chirchiq shahar “Issiqlik ta’minoti” MCHJ, “Olmaliq shahar issiqlik ta’minoti” MCHJning iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxi o‘zgarmoqda.
Xususan, “Issiqlik ta’minoti” aholiga issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun 102,8 so‘m/Gkal (QQS bilan) narxni taklif etmoqda. Hozirda u 93,4 so‘mni tashkil etadi. Yuridik shaxslar uchun esa bir Gkal uchun 560 ming so‘mdan 700 ming so‘mga ko‘tariladi.
Tariflar o‘zgarishi bo‘yicha barcha ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Avvalroq Veolia Energy Tashkent bosh direktori Sevara Pardayeva 1-oktabrdan Toshkentda issiq suv va isitish ta’minoti tariflarini 15% ga oshirilishi haqida ma’lum qilgandi.
Pardayevaning ta’kidlashicha, poytaxt aholisi asosiy tarifning atigi 18% ini to‘layapti, qolgan qismi esa shahar budjetidan subsidiya ko‘rinishida qoplanmoqda.
Toshkent viloyatida issiq suv va issiqlik ta’minoti narxlari bundan avval 2025-yil fevralidan oshgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ